CPSS imtihoniga o'zbek tilida tayyorgarlik
Xalqaro AAOIFI Shariat standartlari bo'yicha CPSS imtihoniga puxta tayyorlaning.

Bu holat sizga tanishmi?
Islom moliyasi sohasida karyera qurishni va xalqaro sertifikat bilan darajangizni tasdiqlashni istaysizmi?
AAOIFI standartlarini quruq yodlash emas, mohiyatini tushunib amaliyotda qo'llashni xohlaysizmi?
CPSS'ga ingliz yoki arab tilida tayyorlanishga vaqt ketyapti-yu, mohiyat to'liq yetib bormayaptimi?
«O'zbek tilida bo'lganida, mohiyatini ancha yaxshi anglardim» deb o'ylaysizmi?
Kurs yakunida nimaga erishasiz
Mavzular o'zbek tilida tushuntirilib, CPSS imtihoniga puxta tayyorgarlik ko'rasiz.
AAOIFI standartlarining mazmuni va ularning amaliy qo'llanilishini o'rganasiz.
CPSS sertifikatini olish jarayoni va imtihon yo'l-yo'riqlarini aniq bilib olasiz.
Standartlarning mohiyatini o'zbek tilida sodda va tushunarli tarzda o'zlashtirib olasiz.
Bu kurs nega kerak?
Xalqaro standartlar o'z tilingizda
AAOIFI shariat standartlari o'zbek tilida sodda va tushunarli sharhlab beriladi — mohiyatni to'liq anglaysiz.
Nufuzli xalqaro sertifikat
CPSS — AAOIFI tashkiloti ishlab chiqqan, Islom moliyasida professional darajangizni tasdiqlovchi sertifikat.
Mustahkam karyera
CPSS — Islom moliyasidagi keyingi professional bosqichlar (CSAA, CIPA) uchun mustahkam poydevor.
Tajribali ustozlardan o'rganing
AAOIFI Moliya Kengashi a'zosidan to'g'ridan-to'g'ri bilim oling.
Asosiy ma'lumotlar
1-avgust, 2026
Shanba va yakshanba
15 hafta — 30 ta dars
Gibrid: onlayn + oflayn (Toshkent)
9 modul — yo'nalishlar bo'yicha
Islom moliyasi asoslari
- Ribo va asosiy taqiqlar
- Islom shartnoma huquqi
- G'arar nazorati (SS 31)
- Valyuta savdosi (SS 1)
Islomiy moliyaviy shartnomalar
- Murobaha (SS 8)
- Tavarruq (SS 30)
- Salam va Istisna
- Ijara (SS 9)
Xizmatlar va sherikchilik
- Vakala — vakillik (SS 23, 46)
- Ju'ala (SS 15)
- Mushoraka (SS 12)
- Muzoraba (SS 13)
Ixtiyorlar va va'dalar
- Urbun — garov puli (SS 53)
- Bekor qilish ixtiyorlari
- Bir va ikki tomonlama va'da (SS 49)
- Qayta sotib olish (SS 58)
Kafolatlar, akkreditiv va rahn
- Kafolatlar (SS 5)
- Ipoteka va rahn (SS 39)
- Hujjatli akkreditiv (SS 14)
- Investitsiya menejeri mas'uliyati (SS 56)
Qarz munosabatlari
- Qarzlar sotuvi (SS 59)
- Havola (SS 7)
- Bankrotlik (SS 43)
- Qarz (SS 19)
Islomiy ijtimoiy moliya
- Zakot (SS 35)
- Vaqf (SS 60)
- Imtiyoz shartnomalari (SS 22)
- Arbitraj (SS 32)
Islomiy bankchilik
- Bank xizmatlari (SS 28)
- To'lov kartalari (SS 61)
- Sindikat moliyalashtirish (SS 24)
- Likvidlik (SS 44)
Islomiy moliyaviy bozorlar
- Sukuk (SS 17/62)
- Aksiya va obligatsiyalar (SS 21)
- Indekslar (SS 27)
- Islomiy sug'urta (SS 26)
30 ta darsning batafsil rejasi
Har bir modulni ochib, dars sanalari va AAOIFI shariat standartlari bilan tanishing.
Sohani mutaxassislardan o'rganing

Xondamir Nusratxo'jayev
Xalqaro islomiy moliya va banking eksperti
2016–2023 — AAOIFI Moliya Kengashi a'zosi. Xalqaro moliyada 26 yillik tajriba: 15 yil «Big Four» kompaniyalarida, 11 yil xalqaro islomiy bank tizimida. AAOIFI moliyaviy hisob standartlari hammuallifi.
ACCA · CSAA · CIPA (AAOIFI) · CIAE
Muxtorjon Akramov
Mezon Ta'lim direktori — kursning bosh treneri
O'zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi magistri va sobiq o'qituvchisi. Islom moliyasi va huquqi bo'yicha 5 yillik tajriba. Turkiya va Qatarda xalqaro AAOIFI dasturlarida qatnashgan.
Xalqaro AAOIFI CPSS sertifikati sohibi
Muzaffar Xusnidinov
Mezon Kengashi MChJ direktori
Certified Shariah Advisor and Auditor (CSAA, AAOIFI), Certified Waqf Practitioner. MBA (Finance) — Korea University Business School. UNDP Green Sukuk milliy konsultanti. Big4 (PwC, Deloitte) audit va konsalting tajribasi.
CSAA (AAOIFI) · Waqf Practitioner · CAPFaqat darsdan ko'ra ko'proq
61 ta shariat standarti — keng va tizimli qamrov
Standartlar mohiyati o'zbek tilida sodda sharhlab beriladi
Sinov imtihoni va imtihonga tayyorgarlik yo'l-yo'riqlari
Muvaffaqiyatli yakunlaganlar uchun maxsus sertifikat
Barcha jonli darslarning video yozuvlari
Onlayn savol-javob guruhi va kurs materiallari
Natijalar gapirsin
Ingliz tilida o'tkazilgan CPSS tayyorlov kursidan muvaffaqiyatli sertifikat olganlardan.
Katta rahmat! Sizlarning ko'magingiz va yo'l-yo'riqlaringizga chin dildan minnatdormiz. Tayyorlov kursingiz bo'lmasaydi, imtihondan o'tishimiz juda qiyin bo'lardi. Hamma narsa uchun yana bir bor rahmat!
CPSS imtihonidan o'tgan bitiruvchimiz
Guruhimni tabriklab, o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Shubhasiz, bu kurs sertifikat olishda hal qiluvchi rol o'ynadi. Bilim tarqatishni va hissa qo'shishni to'xtatmanglar!
CPSS imtihonidan o'tgan bitiruvchi
Tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman — imtihondan o'tish uchun kerak bo'lgan hamma narsani qildingiz. Endi mening tushunchalarim va maqsadim bor — in sha Allah, imtihondan o'taman.
Kurs tinglovchisi
Joyingizni band qiling!
Ariza qoldiring — biz siz bilan bog'lanib, kurs tafsilotlari haqida ma'lumot beramiz.